Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Xoja Axmet Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum bo‘yicha universitetimizning O‘zbek filologiyasi va Chet tillari fakultetlarining professor-o‘qituvchilari prof. O.Gayliyeva, (turkman tili va adabiyoti) dots. G.Adilova, (qozoq tili va adabiyoti kafedrasi), dots. R.Saparniyazov, (ingliz tilshunosligi kafedrasi) dots. S.Jepbarova, (turkman tili va adabiyoti kafedrasi) assistent o‘qituvchi G.Kewlimjaevalar (ingliz tili va adabiyoti kafedrasi) Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida 2-4 aprel kunlari oralig‘ida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
Professor-o‘qituvchilar Turkiston shahrida bu yil ikkinchi bor o‘tkazilayotgan «Qozoq tili ilm tili: sun’iy intellekt va terminologiya» nomli II Xalqaro simpoziumda o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Simpoziumga xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan taniqli olimlar hozirgi davr tilshunosligining dolzarb masalalari, zamonaviy lingvistik tadqiqotlar, sun’iy intellekt va tilshunoslikning ilmiy kommunikatsiyasi, ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmunini yangilashning zamonaviy paradigmalari, sun’iy intellektning imkoniyatlari va ta’limni raqamlashtirish kabi bir qator dolzarb muammolar bo‘yicha fikr almashdi va tajriba almashdi.
Tashrif davomida universitetimiz professor-o‘qituvchilari Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetining filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ham suhbatlar o‘tkazdi. Kelgusida ikki universitet o‘rtasidagi memorandum bo‘yicha ilmiy loyihalarni hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish kabi masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Xizmat safaridagi professor-o‘qituvchilarimiz akademik mobillik dasturi bo‘yicha ham universitet talabalariga dars o‘tdi.








